Ko'rgazma haqida
        2023-yil may oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan ko‘rgazma-savdosi -
        ishtirokchilar va 3000 dan ortiq tashrif buyuruvchilarining e’tirofiga
        sazovor bo‘lgandi. Xususan, mazkur ko‘rgazma-savdosida 50 dan ortiq
        mahalliy va xorijiy korxonalar 100 mln. dollarga yaqin hamkorlik
        shartnomalarini imzolashgan va sotuv amalga oshirishgan. 
        
        Mintaqada 90 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. O‘zbekiston esa
        Markaziy Osiyoning zargarlik sanoati xabi bo‘lish uchun yirik qadamlar
        tashlamoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston oltin qazib oluvchi TOP-10
        mamlakatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat qonunchilik parametrlari ham
        zargarlik sanoati biznesi vakillari uchun qulay takliflarga ega,
        masalan: qimmatbaho metallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar va birja
        savdolari orqali xarid qilish imkoniyati mavjud.