Umumiy ma'lumot
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5721-son qaroriga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi zargarlik sanoatining zamonaviy uskunalari, texnologiyalari birinchi xalqaro ko‘rgazma- savdosini tashkil etish va zargarlik buyumlari «Uzbek Jewellery Fair»ni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi-17-son farmoni doirasida tashkil etildi.
Bu O‘zbekistonda o'tkazilayotgan birinchi va yagona ixtisoslashtirilgan zargarlik buyumlari ko‘rgazmasidir.
Ko'rgazma maqsadi
- Yangi sanoat doirasidagi va xalqaro o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatish;
- Xorijiy kompaniyalarning texnologik yangiliklari va yutuqlari bilan tanishish;
- Zargarlik buyumlarini dizaynlashda eng talab qilinadigan yo'nalishlarni o'zlashtirish;
- Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va miqdorini yaxshilash.
Media fayllar
-
Broshyura
-
Zal rejasi
-
Qo'llanma
-
Uzbek Jewellery Awards Mukofoti
-
Saqlash turlari
-
Mavjud uskunalar
-
Majburiy Talablar
Ko'rgazma o'tkazish sanasi va joyi
Ko'rgazma o'tkaziladigan sana: 2023 yil 26 maydan 28 maygacha.
Ko'rgazma oʻtkaziladigan joy: “Yoshlar ijod saroyi” koʻrgazmalar zali, Toshkent, Oʻzbekiston.
Mo'ljal: «Mustaqillik maydoni» metro stansiyasi.