Tabriklaymiz! Siz Uzbek Jewellery Fair 2025 ko'rgazmasiga roʻyxatdan oʻtdingiz!
Toshkent davlat texnika universiteti dastlab, 1920 yilda Turkiston davlat universiteti qoshida texnika fakulteti sifatida tashkil etilgan. Keyinchalik 1929 yilda Turkiston davlat universitetining texnika fakulteti bazasida O‘rta Osiyo paxtachilik irrigatsiyachi politexnika instituti tashkil etilgan. 1933 yilda O‘rta Osiyo insdustrial institutiga, 1949 yilda O‘rta Osiyo politexnika institutiga, 1961 yilda Toshkent politexnika institutiga aylantirilgan. 1991 yilda Toshkent politexnika instituti va Toshkent mashinasozlik instituti bazasida Toshkent davlat texnika universiteti tashkil etilgan. Abu Rayhon Beruniyning tavalludini 1000 yilligi munosabati bilan 1991 yilda Abu Rayhon Beruniy nomi berilgan. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish maqsadida 2017 yilda Toshkent davlat texnika universitetiga Islom Karimov nomi berilgan. Universitetda o‘quv jarayoni bakalavriatda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarida hamda magistraturada kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. O‘quv jarayoni har yili sentyabr oyidan boshlanadi hamda kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi. Toshkent davlat texnika universiteti “Muhandislik ishi”, “Ishlab chiqarish va ishlov berish” hamda “Gigiyena va ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi” ta’lim sohalari bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim muassasasi sifatida Muvofiqlashtiruvchi soha kengashlariga rahbarlik qiladi.