Tabriklaymiz! Siz Uzbek Jewellery Fair 2025 ko'rgazmasiga roʻyxatdan oʻtdingiz!
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 1997-yil 23-yanvardagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 131-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan. Institut 1954-yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti huzurida ochilgan rassomlik fakulteti negizida shakllangan. Bugungi kunda institut tarkibida 4 ta fakultet va 15 ta kafedra faoliyat yuritmoqda: Tasviriy san’at fakulteti: Dastgohli rangtasvir, Mahobatli rangtasvir, Teatr bezagi rangtasviri, Miniatyura va kitob grafikasi, Haykaltaroshlik kafedralari. Amaliy san’at fakulteti: Amaliy bezak san’ati, Badiiy kulolchilik va ta’mirlash, Chizmachilik kafedralari. San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti: San’at tarixi va nazariyasi, Muzeyshunoslik, Ijtimoiy fanlar va informatika, O‘zbek va xorijiy tillar kafedralari. Dizayn fakulteti: Dizayn, Amaliy grafika va badiiy fotografiya, Libos dizayni kafedralari. Institutda 29 ta bakalavriat yo‘nalishi va 17 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha jami 2619 nafar talaba tahsil olmoqda.