×
Done Icon

Tabriklaymiz! Siz Uzbek Jewellery Fair 2025 ko'rgazmasiga roʻyxatdan oʻtdingiz!

Ortga
ISLOMBEK GOLD AAG

ISLOMBEK GOLD AAG

"Amira Aziza Gold 999 Jewellery" mas’uliyati cheklangan jamiyati 2017 yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘z faoliyatini zargarlik buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirgan. Korxona zamonaviy texnologiyalar asosida tayyorlanadigan yuqori sifatli, dizayni va nafisligi bilan ajralib turadigan zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bugungi kunda jamiyat tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki bozorga yetkazib berilish bilan birga, xorijiy davlatlarga ham eksport qilinmoqda. Korxonaning yillik savdo aylanmasi 250 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etadi. Shuningdek, "Amira Aziza Gold 999 Jewellery" MChJ hozirgi kunda umumiy qiymati 24 million AQSh dollariga teng bo‘lgan eksport loyihalarini amalga oshirmoqda. Ushbu loyihalar korxonaning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda O‘zbekiston zargarlik sanoatini jahon bozoriga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.