×
Done Icon

Tabriklaymiz! Siz Uzbek Jewellery Fair 2025 ko'rgazmasiga roʻyxatdan oʻtdingiz!

Ortga
MERRIT JEWELLERY

MERRIT JEWELLERY

“Merrit” zargarlik brendiga 2022-yilda asos solingan bo‘lib, dastlab yakka tartibdagi tadbirkorlik (YaTT) shaklida faoliyat yuritgan. 2025-yil yanvar oyidan boshlab esa rasmiy ravishda yuridik shaxs maqomida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Kompaniyamiz zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishda zamonaviy Yevropa dizayn yo‘nalishlarini milliy an’analar va estetik qarashlar bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratadi. Mahsulotlar 3D texnologiyalari asosida yuqori aniqlikda tayyorlanib, har bir buyumda nozik did, sifat va o‘ziga xoslik mujassam etiladi. “Merrit” brendi o‘z mijozlariga nafaqat zamonaviy, balki milliy ruhda yaratilgan eksklyuziv zargarlik buyumlarini taklif etish orqali bozorning yuqori talablariga javob berishga intiladi.