Tabriklaymiz! Siz Uzbek Jewellery Fair 2025 ko'rgazmasiga roʻyxatdan oʻtdingiz!
"NBU GOLD" MChJ oltin zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi korxona bo'lib, 2025 yil yanvar oyida tashkil etilgan. Korxona oyiga 200 kilogrammgacha mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Loyihada kompaniya rassomlari original dizayndagi mahsulotlarni ishlab chiqishgan. Hozirda keng assortimentdagi zargarlik buyumlari: kolelar, broshlar, zanjirlar, ziraklar, uzuklar, bilaguzuklar ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko'rilmoqda. Shuningdek, individual buyurtmalar bo'yicha mahsulotlar ham ishlab chiqariladi.