×
Done Icon

Tabriklaymiz! Siz Uzbek Jewellery Fair 2025 ko'rgazmasiga roʻyxatdan oʻtdingiz!

Ortga
Bojxona

Bojxona

BOJXONA ORGANLARINING ASOSIY FUNKTSIYALARI VA VAZIFALARI Bojxona organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish; • oʼz vakolati doirasida Oʼzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash; • bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish; • bojxona toʼlovlarini undirish; • bojxona toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qonun hujjatlari buzilishlarining, shu jumladan kontrabandaning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qoʼyish; • tashqi savdo operatsiyalarining monitoringini amalga oshirish, eksport-import shartnomalarining ijrosini tahlil qilish, shuningdek tashqi savdo operatsiyalarining bojxona organlariga taalluqli qismini oʼtkazishda valyuta toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish; • tovarlarning tashqi savdosiga doir bojxona statistikasini hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasini yuritish; • fuqarolarning bojxona sohasidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish; • xavfni boshqarish tizimi qoʼllanilishi samaradorligining muntazam monitoringini amalga oshirish; • bojxona organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va nazoratning texnik vositalarini qoʼllash; • bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yoʼnalishlarini ishlab chiqish; • Oʼzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga taalluqli qismidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash.