Tabriklaymiz! Siz Uzbek Jewellery Fair 2025 ko'rgazmasiga roʻyxatdan oʻtdingiz!
O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi qonunlar, nodavlat notijorat tashkilotlarini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 31 martdagi PF-1741-son Farmoni asosida tashkil etilgan. Hozirgi kunga qadar uyushma tarkibidagi 43 yo‘nalish bo‘yicha 26855 nafar hunarmand faoliyat yuritmoqda, shulardan 1010 nafari zargarlik yo‘nalishida ish olib bormoqda.